Gvardiola Yaya Turega nima sovg'a qilishini aytdi FOTO

Narzulla Saydullayev
13 may 2017
Manchester Siti ustozi Xosep Gvardiola APL 37-turidan o'rin olgan Lesterga qarshi bahsdan avval o'z fikrlarini bildirdi.

Jarohatlar haqida

Gyundogan va Bravodan tashqari qolganlarda jaorhat yo'q. Aguero so'nggi kunlarda mashg'ulot o'tkazdi. Serxio kabi Jon Stounz ham jamoa bilan birga shug'ullandi.

Jamoa maqsadi va yozgi tayyorgarlik haqida

Biz uchinchi o'rinni olishga urinamiz, agar to'rtinchi bo'lsa YCHL saralashida o'ynaymiz. Nima bo'lsa ham yozgi rejalarimiz o'zgarmaydi.

Baribir AQSHga boramiz. U yerda mavsumning ilk uchrashuviga tayyorgarlik ko'ramiz. Birinchi o'yinimiz premer-liga doirasida bo'ladimi yoki Chempionlar ligasi farqiy yo'q.

Klub Yaya Tureni tug'ilgan kuni bilan qanday tabriklashi haqida

Biz Yayaga dunyodagi eng katta tort sovg'a qilamiz. Ammo buni faqat o'yindan so'ng amalga oshiramiz.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: mancity.com