Hamann Kloppni ogohlantiradi: u ishdan ketishi mumkin

Sherzod Nurmatov
11 oct 2022
Uning fikricha, Jordan Hendersonning so'nggi o'yinlardagi munosabati jiddiy muammolardan darak bermoqda.

"Liverpul" "Arsenal"dan 2:3 hisobida mag'lub bo'lganidan keyin yana bir bor diqqat markaziga tushdi. "Qizillar" bir qancha vaqtdan buyon yaxshi o'yin ko'rsata olmayotgani bois so'roqlarga duchor bo'layotgan edi. Klub atrofidagi tashvishlar ortib bormoqda.

Mersisayd klubi APLning 8 turidan keyin turnir jadvalining 10 pog'onasini egallab turibdi. Jamoa so'nggi uch o'yinda g'alaba qozona olmadi. Angliya chempionatida "Liverpul" hali mehmondagi o'yinlarda uch ochko ola bilmadi.

Jamoa ustozi Yurgen Klopp boshqaruvidagi 7 yilda klub erishishi mumkin bo'lgan barcha sovrinlarni qo'lga kiritdi. Biroq "Liverpul" sobiq o'yinchisi Ditmar Hamann bu ham mutaxassisning istefosiga to'siq bo'la olmasligini malum qildi:

"Liverpul"dagi holat boshqa jamoalarnikidan farq qilmaydi. Natija bo'lavermasa, qaysidir bosqichga kelib murabbiy bosim ostida qoladi. Agar ular kelasi hafta mag'lub bo'lsa yoki "Manchester Siti"ga qarshi o'yinda g'alaba qozona olmasa, to'rtinchi o'rindagi jamoadan sakkiz yoki to'qqiz ochko ortda qolib ketadilar. Klub egalari katta pul sarflashmasa-da, daromad tufayli Chempionlar Ligasida ishtirok etish juda muhim. Qaysidir bosqichda jamoa murabbiyini almashtirish muhokama qilina boshlaydi. Biroq men bundan ancha uzoqdamiz, deb o'ylamayman. Klopp shu hafta ham jamoani boshqarish uchun eng munosib nom uning o'zi ekanini takidladi".


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Muqova: TalkSport

Izohlar

Erkin Abdullaev
11 oct 2022
Liverpulni 30 yildan kein chempion qilgan Klopp bo'ladi uni qadrlash kerak bundan boshqasi yana o'rtamiyona klubga aylantiradi liverpolni (myu muxlisi)
Pippogol
11 oct 2022
ПЕПни бошкалардан фарки хам шуда, жамоалари бир хил темпда ушлаб туради. Трансферди Клоп хам ундан куп сарфласа сарфладики кам эмас
Abdumalik Halimov
11 oct 2022
Узинг куксан, э ку́к!! Качондан Ливерпуль Кук булди? Кизиллар эмасмидик?
Abdulaziz 5
11 oct 2022
Клоппни кетиши Ливерпуль нашрлари езаетгани йук , контракт 26 -йилгача тузилган Битта нашрада укидим Селтик тренери Ангелос Постекогли Ливерпулни бошкариши мумкин деб лекин у хам аник факт бн езилмаган ; так что Клоппга ишонишда давом этамиз
Yusupboev_9494
11 oct 2022
Borussiyadanam shunaqa ketgandi esilada bo'sa. Kloop jamaoni co'qiga olip ciqadi va sho'ng'idi. Lekin 1-2yil dam olip Atletiko yoki Psgga kesa keree
Равиш
11 oct 2022
Ким нима деса десин лекин Клоппни Пеп даражасига етиши учун хали анча бор.Пепнинг бир нечта тактик схемалари мавжуд.Уйинчилар имкониятига караб у еки бу схемада уйнайди.Клоппда бир хил босим босим ва чукур прессинг бошка уйин йук.Сунги уйинларда команда буни хам эплолмаябти.