Ilyos Qurbonov: "OKMKga qarshi o'yinga uch ochko uchun chiqqandik. Kolosovskiy unga taklif bo'lgani sabab klubdan ketdi"

Alisher
3 nov 2024
Superliga 23-tur doirasidagi "Metallurg" - OKMK (1:1) o'yinidan so'ng mezbonlar katta murabbiyi Ilyos Qurbonov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Bugun ikkita turli taym guvohi bo'ldik. Birinchi bo'limning yarmidan so'ng o'yinni bo'shashtirib yubordik, ammo raqib vaziyatlardan foydalana olmadi. Tanaffusda yigitlarga ko'rsatma berdik va ikkinchi taymda ular yaxshi harakat qilishdi. O'z vaziyatlarimizdan foydalana olmadik.

Bizga g'alaba kerak, vaziyatning o'zingiz ham ko'rib turibsiz. Bugun uch ochkoga o'ynagan edik, ammo biroz etishmadi. Yigitlarga esa minnatdorchilik bildiraman.

- Sekulich va Sobirjonov bugungi o'yin uchun qaydnomada yo'q edi. Buning sababi nimada?

- Ularda jarohat bor edi. Ular bu o'yinga tayyorgarlik ko'rishmadi. Ammo, jarohatlari jiddiy emas va umid qilamanki, keyingi o'yinlarda tayyor bo'lishadi.

- Kolosovskiy ketganidan so'ng taktikada o'zgarishlar qildingizmi? Akademiyadan debyut qilgan o'yinchilar haqida fikringiz?

- Kolosovskiyda boshqa takliflar bor edi, shu sabab o'zining xohishiga ko'ra xayrlashdik. Bugungi o'yinda taktik o'zgarishlar bo'lmadi, sababi vaqt etarli emasdi. Tarkibda biroz o'zgartirishlar kiritdim. Akademiyamizdan 2007 yilda tug'ilgan o'yinchini asosiy tarkibda tushirdik. O'ylaymanki, debyut uchun yomon o'yin bo'lmadi. Yana biri zaxirada edi, ammo uni tushirishga imkon bo'lmadi. Maqsadimiz akademiyadan o'yinchilarni asosiy tarkibda o'tkazish. Mashg'ulotlarga ham akademiyadan 6-7 nafar o'yinchilar jalb qilyapmiz.

- Bir necha o'yinlardan beri Shahzodjon Nematjonovni asosiy tarkibda ko'ryapmiz. Ammo, fikrimcha, bugun uning o'rniga tushirilgan Daler Sharipov yaxshiroq taassurot qoldirgandek.

- Daler Sharipovni zaxiradan maydonga tushirib, maqsadimiz o'yinni kuchaytirish edi. Nematjonov ham yomon o'yin o'tkazdi deb bo'lmaydi.




AlisherMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

"Булунгур"
4 nov 2024
Металлург умуман керак эмас жамоа,вилоят чемпионатида уйнаб юраверсин,хеч аанака максад булмаса,факат хар йили суперлигада жон саклаш булса,менимча бу комагда кимлардир чунтагини пулга тулдиришга ишлайди
Great Shokh
4 nov 2024
Kalyaska deganlari pulni ko'rsatsa orqasidan tez chopadigan shotirlardan, bitta murabbiy bitta mavsumda uchta jamoada ishlasa, yoki kuchli mutaxassismikina