"Inter" futbolchisi "Yuventus"ga o'tishni istamoqda

Mirjalol Normatov
3 yanv 2026
"Inter" yarim himoyachisi David Frattezi "Yuventus"ga o'tishga tayyor.

Oldinroq unga "Fenerbaxche" tomonidan taklif bo'lgan va 40 million evroga sotib olishga tayyorligini bildirgandi.

Shu bilan birgalikda xavbekka "Yuventus", "Roma" va "Napoli" tomonidan qiziqishlar bo'lgani aytilgan, biroq klub asosiy raqobatchilariga futbolchisini sotmasligini bildirgandi.

Biroq "Tuttosport"ning yozishicha, Frattezi turk klubiga o'tishni istamagan va Luchano Spalletti bilan ishlashni istamoqda. Chunki "Inter"ning zaxira varianti bo'lib qolganida Spalletti unga ko'proq ishonch bildirgandi.

Bu transferning amalga oshishi qiyinchilik tug'dirishi mumkin. Eng avvalo klublar moliyaviy tomonlama kelisha olmasligi ehtimoli bor. Shuningdek, ushbu transferga muxlislar tomonidan keskin norozilik bildirilishi ham mumkin.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Tuttosport