Intizom - eng muhimi. Amorim MYUda qatiy qoida joriy qildi

Sherzod Nurmatov
13 noya 2025
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim qatiy qoidalarni o'rnatdi va ularga rioya qilish shart.

Portugaliyalik murabbiy yaqinda yangi qoida kiritdi.

"The Athletic" ma'lumotlariga ko'ra, jamoaning yarmi "Old Trafford"da o'yindan oldin, qolgan yarmi esa o'yindan keyin dastxat ulashishi kerak. Ko'pgina futbolchilar o'yindan oldin imzo qo'yishni afzal ko'rsa-da, ular portugaliyalik murabbiyning yangi qoidasiga amal qilishga majbur.

Shuningdek, Amorim professionallik va fidoyilik standartlarini oshirishga harakat qilmoqda. Masalan, mashg'ulotlarga kech qolish toqat qilib bo'lmaydigan xatti-harakat sifatida belgilanadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Athletic