

"Oq bo'rilar" sobiq futbolchisi Islom To'xtaxo'jaev bo'lajak uchrashuvdan avval fikrlarini bildirdi.
"Musobaqaning birinchi uchrashuvi doim qiyin bo'ladi. Menimcha o'tgan o'yinda Suriyaga qarshi adolatli durang qayd etildi, deb o'ylayman. Esdan chiqarmaslikni aytmoqchiman, Kuper O'zbekiston terma jamoasini juda yaxshi biladi. Futbolchilarimizning imkoniyatidan xabari bor edi. Ular munosib himoyalandi va bu himoyani yorib o'tish barchaga qiyinchilik tug'diradi.
Hindiston bilan o'yindan ishonchli g'alaba kutyapman. O'tgan o'yinda 1ta gol yetishmadi, bugun o'shani ko'ramiz, deya olaman. Umuman musobaqada barchamiz ko'p narsa kutyapmiz. O'ylaymanki, ortga yaxshi natija bilan qaytishadi",- deydi Islom To'xtaxo'jaev.
Abdulaziz Iskandarov yozib oldi



