Ispan klubi Arturning ijarasi borasida muzokaralarni davom ettirmoqda

Alisher
1 avg 2022
Turinning "Yuventus" klubi "Valensiya" bilan yarim himoyachi Artur Meloning ijarasi borasida muzokaralar olib bormoqda.

Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, ikki klub ham tez orada kelishuvga erishishadi.

Artur "Valensiya"ga o'tishga rozi, ammo bitimni bitta narsa to'xtatmoqda. Futbolchi "Yuventus"da yiliga 5,5 million evro oladi, ammo "ko'rshapalaklar" "keksa sinora"ni braziliyalik maoshining bir qismini yopishga ko'ndirmoqchi.

Artur "Valensiya"ning yangi bosh murabbiyi Jennaro Gattuzoga juda ham yoqadi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira