Ispaniya hukumati Yamalning tug'ilgan kun bayramida karlik kasalligi bor odamlarning ishga yollanganini tekshirishni so'radi

Aslanov Jasurbek
14 jul 2025
Ispaniya hukumati Lamin Yamalning tug'ilgan kuni bo'yicha tekshiruv o'tkazishni so'radi.

Eslatib o'tamiz, "Barselona" vingeri o'zining 18 yillik tug'ilgan kuni munosabati bilan bayram uyushtirdi. Tadbirda taniqli mehmonlar – strimerlar, inflyuenserlar, jamoadoshlar va musiqachilar ishtirok etdi.


Keyinroq axondroplaziya va boshqa skelet displaziyalari bilan bog'liq karlik kasalligiga chalingan odamlar associaciyasi bayonot elon qildi, unda tadbirga ko'ngilochar maqsadlarda karlik kasalligi bor odamlar jalb qilingani aytildi.


COPE xabariga ko'ra, Ijtimoiy huquqlar vazirligi prokuraturaga, ombudsmenga murojaat qilib, nogironlik to'g'risidagi qonun buzilgan-buzilmaganini tekshirishni so'radi. Ushbu qonun nogironligi bor odamlarni masxara qiladigan yoki shanini kamsitadigan namoyishlar o'tkazishni taqiqlaydi.


Vazirlikda ushbu bayramda karlik kasalligi bor odamlar tahqirlanganmi-yo'qmi, aniqlashtirmoqchi. Shu bilan birga, nogironlik to'g'risidagi qonunda jazo choralari ko'zda tutilmagani qayd etildi.


Aslanov JasurbekMaqola muallifi
Qopqoq: COPE

Izohlar

ArsaBarsa
15 jul
Ko’zingni qis deydigan odamlari yo’qmi atrofida
Forever Manchester United
14 jul
bu bola rosayam kibr kayf safoga berilib ketadigan darajaga chiqib ketibtiku bir qarasa porno aktrisa bn yozishgan bir qarasa madellar bn yozishgan faxshga kirib oxiri uzini uzi xor qiladi
fotboll.uz
15 jul
Пулини ишлаб шартнома қилган бўлса керак
Akbarxo'ja Tursunov
15 jul
Bola to'ppa-to'g'ri Balotelli, Neymar kabi okalarini yo'lidan ketayabdi. Neymarku oz-moz yorqin o'yinlar qilgan...
{ CHELSEA }
15 jul
Neymarni izidan bormasa boʻldi buyam...