Ispaniyada bolalar jamoalari o'rtasidagi o'yinda otishma sodir bo'ldi

Aslanov Jasurbek
11 nov 2024
Ispaniyada nomalum shaxs bolalar jamoalari o'rtasidagi uchrashuvda otishma keltirib chiqardi.

Voqea shanba kuni Granadada 8-9 yoshli futbolchilar o'rtasidagi uchrashuv vaqtida sodir bo'ldi.

Jinoyatchi bir necha bor tribunalar tomon o'q o'zdi - natijada bir oilaning ikki vakili (er va xotin) jarohat olishdi. Jarohatlanganlar kasalxonaga murojaat qilishgan.

Malumotlarga ko'ra, o'yinda ishtirok etgan bolalar voqeaga guvoh bo'lishmagan, chunki ular kiyinish xonasida bo'lishgan.


Aslanov JasurbekMaqola muallifi
Muqova: La Sexta

Izohlar

Dilmurod Umarov
12 nov 2024
Xudo bir asrabdi