Italiya Evro-2020'dagi 13-golini urdi

Aslanov Jasurbek
12 iyul 2021
"Skuadra adzurra" yana bir rekord o'rnatdi.

Italiya himoyachisi Leonardo Bonuchchi Evro-2020 finalida Angliyaga qarshi o'yinda hisobni tenglashtirdi (1:1, ikkinchi bo'lim davom etmoqda).

Bu italiyaliklarning ushbu Yevropa chempionatidagi 13-goli hisoblanadi. Italiya xalqaro turnirlarda gol urish bo'yicha o'z rekordini o'rnatdi.

Ilgari "skuadra adzurra" faqat jahon chempionatlarida 12 ta gol urgan - 1934, 1982 va 2006 yillarda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sports.ru