Italiya grandlariga "Real" hujumchisi kerak

Khoja
30 may 2025
"Yuventus" va "Milan" "Real Madrid" hujumchisi Endrikka qiziqish bildirmoqda.

"Real" 18 yoshli futbolchisini sotish niyatida emas, biroq bir yilga sotib olmaslik huquqi bilan ijaraga berishga tayyor. "Yuventus"ga esa bu taklif maqul kelgan.

Yakunlangan mavsumda Endrik 37 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 7 ta gol va 1 ta golli uzatma bor. Uning "qirollik klubi" bilan tuzgan shartnomasi 2030 yilda yakunlanadi.


KhojaMuallif
Manba: championat.com