Italiya kubogi. "Yuventus"ning final uchun qaydnomasi e'lon qilindi

Ertaga Turinning "Yuventus" klubi mamlakat kubogi finalida "Napoli"ga qarshi maydonga tushadi. Ushbu o'yin Toshkent vaqti bilan 21:55da start olishi rejalashtirilgan.

"Keksa sinora" ustozi Mauricio Sarri quyidagi futbolchilarni uchrashuv qaydnomasiga kiritgan.

Darvozabonlar: Shensniy, Pinsolo, Buffon.

Himoyachilar: De Shilo, Kellini, De Ligt, Sandro, Danilo, Bonuchchi, Rugani, Demiral.

Yarim himoyachillar: Pyanich, Xedira, Remzi, Matyuidi, Rabo, Bentankur, Muratore.

Hujumchilar: Ronaldu, Dibala, Kosta, Kuadrado, Iguain, Bernardeski, Oliveri, Vrioni, Zanimakiya.


Manba: twitter.com/juventusfc