Jasur Azimov: "Vaziyatlardan foydalanish ustida ishlashimiz kerak"

Aslanov Jasurbek
9 iyul 2020
Samarqandning "Dinamo" jamoasi Pro liga ikkinchi turida so'ngi daqiqalarda gol o'tkazib yuborib alamli mag'lubiyatga uchradi.

"Istiqlol" bilan kechgan uchrashuvdan so'ng "Dinamo"ning yetakchi futbolchisi Jasur Azimov fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"O'yin biz kutgandan ham qiyin kechdi. O'z maydonimizda g'alaba qozonishni istagandik. Vaziyatlardan foydalanish ustida ko'proq ishlashimiz kerak. Buning uchun mashg'ulotlarda yanada qattiq mehnat qilishimiz talab etiladi. Mag'lubiyatga sabab sifatida faqat shuni ko'rsatishim mumkin. Futbolda g'alaba va mag'lubiyatga birga yuradi. Vaziyatlardan foydalangan jamoa g'alaba qozonadi. Keyingi o'yinlarda uch ochko ishlashga harakat qilamiz",- deydi Jasur Azimov.




Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia