Javohir Qahramonov - "So'g'diyona" futbolchisi!

Omonjon To`xtamirzayev
12 dek 2024
Yarim himoyachi Jizzaxga qaytmoqda.

Jizzaxlik muxlislarga yaxshi tanish bo'lgan yarim himoyachi, "So'g'diyona" tarixida yorqin iz qoldirgan Javohir Qahramonov klub bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.

"So'g'diyona" bilan yangi mavsumda o'zining mahorati bilan yangi marralarni zabt etishda tilakdoshmiz", - deyiladi klub xabarida.

Eslatib o'tamiz, Qahramonov "Neftchi"ga aynan "So'g'diyona" safidan borib qo'shilgandi. 



Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Сўғдиёна матбуот хизмати