JCH-2022. O'zbekiston amputantlar terma jamoasi yarim finalda Turkiyaga minimal hisobda imkoniyatni boy berdi

I.J.I
7 oct 2022
Nogiron-amputant futbolchilar o'rtasidagi 17-jahon chempionatining yarim final uchrashuvida O'zbekiston terma jamoasi mag'lubiyatga uchradi.

Turkiyada o'tkazilayotgan Nogiron-amputant futbolchilar o'rtasidagi 17-jahon chempionatining yarim final o'yinida hamyurtlarimiz Turkiya terma jamoasiga kichik hisobda mag'lubiyatga uchrashdi. Endi O'zbekiston terma jamoasi uchinchi o'rin uchun o'yinda Gaiti termasiga qarshi maydonga chiqadi. O'yin 9-oktyabr kuni o'tkaziladi.

Turkiya - O'zbekiston 1:0 (tugadi)

JCH-2022'dagi O'zbekiston nogiron-amputantlar terma jamoasi tarkibi: 1. Qudrat To'raxo'jaev (darvozabon), 12. Qudrat Sattorov (darvozabon), 21. Sunnatjon Ergashev (darvozabon), 3. Nuritdin Tursunov (himoyachi), 11. Azizjon Azimov (himoyachi), 2. Behzod Hakimov (himoyachi), 5. Nizom Mamasoliev (himoyachi), 4. Haydarali Tursunboev (yarim himoyachi), 14. Umidjon Sirojdinov (yarim himoyachi), 15. Zafar Nosirov (yarim himoyachi), 7. Qudrat Xudoyqulov (hujumkor yarim himoyachi), 6. Umidjon Abduhalimov (hujumkor yarim himoyachi), 17. Ulug'bek Toshpo'latov (hujumchi), 10. Aziz Abdurahmonov (hujumchi), 8. Abdujamil Shukurov (ham hujum ham himoyada o'ynaydi, sardor, besh karra jahon chempioni).

Bosh murabbiy: Rustam Mehmonov.

Jonli efir:



I.J.IMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

Bars@7070.
7 oct 2022
Бутун Узбекистон номидан омад тилаймиза...к,ийин уйин,лекин сизларга ишонамиза,олга йигитлар!!!
Holis
7 oct 2022
Узимизни кайсидур каналда беряптими
Raul&Bergkamp
7 oct 2022
Олга йигитлар. Бутун Узбекистон сиз билан. Кандай натижа булмасин сиз бизнинг кахрамонларсиз.
Bars@7070.
7 oct 2022
Кандай натижа булишидан каттий назар сизлар хакикий мард Узбек углонларисиз!!!
Хамес19
7 oct 2022
Омад йигитлар, хакикий ватан кахрамонлари