JCH-2022 saralash. Iroqning o'z maydonida Eron va Bahrayn bilan o'yini so'roq ostida

Xayrulla Xoliqov
6 noya 2019
14 va 19 noyabr kunlari Osiyoda JCH-2022 saralash bosqichining navbatdagi tur uchrashuvlari o'tkaziladi.

"C" guruhidan joy olgan Iroq terma jamoasi o'z maydonida 14 noyabr kuni Eronni, undan keyin 19 noyabrda Bahraynni qabul qiladi. Biroq bu o'yinlar boshqa davlatga ko'chirilishi mumkin. Gap shundaki, FIFA Iroqdagi siyosiy vaziyatga ishonchsizlik bilan qarayapti va navbatdagi ikkita uy uchrashuvni bexavotir o'tkazish niyatida. 

Taqvimda Iroqning navbatdagi ikkita o'yini Basra shahridagi "Basra Xalqaro stadioni"da bo'lib o'tishi belgilab qo'yilgan, biroq oktyabr oyida Iroqda yuz bergan namoyishdan so'ng FIFA o'yinni o'tkazish borasida tashvishga tushib qoldi. Hozircha Iroq - Eron uchrashuvi mamlakat shimolidagi Arbil shahrida o'tkazilishi mumkin degan gaplar yuribdi. Yakuniy qaror esa tez orada qabul qilinadi. 

Iroq 10 oktyabr kuni Gonkong bilan aynan Basrada o'ynab 2:0 hisobida zafar quchdi va stadionga 32 mingdan ziyod muxlis tashrif buyurdi. Turnir jadvalida Iroq 7 ochko bilan birinchi, Bahrayn ham 7 ochko bilan ikkinchi, Eron esa 6 ochko to'plagan holda uchinchi o'rinda boryapti.


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: persianfootball.com