Xayr JCH-2022, salom Osiyo Kubogi-2023 saralashi

Eldor Akmurzayev
16 iyun 2021
Osiyo qitasida mundial saralashidan o'rin olgan bahslar yakunlandi.

23:00 da O'zbekiston hamda Saudiya Arabistoni o'rtasidagi uchrashuv boshlanadi va saytimiz orqali matnli translyatsiya qilinadi.

JCH-2022 hamda OK-2023 qo'shma saralash bosqichi

15.06.2021, 23.00

S.Arabistoni - O'zbekiston 3:0

Gol: Salmon al Faraj, 25 (1:0), Salmon al Faraj, 32 (2:0), Ali Al Hassan, 52 (3:0)

Bosh hakam: Xyung Jin Ko (J.Koreya)

Qanot hakamlari: Jaeol Yun, Sang Jun Park (J.Koreya)

Zaxira hakami: Muhammad Abdulla (BAA)

S.Arabistoni: 21. Muhammad Al Ovays – 2. Sulton Al G'anim, 3. Abdulla Madu, 13. Yosir Al Shaxroni, 23. Hassan Al Tambakti – 7. Salmon Al Faraj, 8. Ali Al Hassan, 14. Ibrohim Otayf – 11. Holid Al Shexri, 18. Abdulloh G'arib, 19. Muhammad Halil Al Ovays.

Zaxira: 1. Muhammad Faraj Al Yami, 4. Muhammad Abdu Qurboniy, 5. Al Bulayxi, 6. Abdulele Al Amri, 9. Abdulla Al Hamadan, 10. Ali Hassan Al Asmari, 12. Saud Abdulla Abdulhamid, 15. Nosir Issa Al Dovsari, 16. Sami Al Naji, 17. Muhammad Marzuq Al Kuvaykibi, 20. Feras Al Brikan, 22. Zayd Majid Al Bavardi

O'zbekiston: 12. Sanjar Quvvatov – 23. Ibrohimhalil Yo'ldoshev(17. Dostonbek Hamdamov,54), 5. Rustam Ashurmatov, 9. Odil Ahmedov, 3. Hojiakbar Alijonov – 6. Odil Hamrobekov(22. Oybek Bozorov, 54), 7. Otabek Shukurov, 13. Oleg Zoteev, 10. Jaloliddin Masharipov, 18. Vagiz Galiulin(Ikrom Aliboev, 54) – 14. Eldor Shomurodov

Zaxira: 1. Abduvohid Ne'matov, 4. Farruh Ikromov, 16. Valijon Rahimov, 20. Islom To'xtaxo'jaev, 2. Islomjon Qobilov, 15. Husniddin Aliqulov, 19. Abrorbek Ismoilov,  11. Temurxo'ja Abduholiqov, 21. Igor Sergeev, 


YANGILASH



UCHRASHUV YAKUNLANDI

Hakam ikkinchi bo'limga sakkiz daqiqa qo'shib berdi

90. Ogohlantirish: Otabek Shukurov ogohlantirildi

85. Bozorovdan super pas va Farruxdan nesuper zarba...

81. O'zgarish: Farrux Ikramov va Islom To'xtaxo'jaev maydonga tushdi. Ular Doston Xamdamov va Odil Ahmedovni alishtirdi

73. Uchrashuvda to'xtalish. Mezbonlar himoyachisi maydonda yotibdi

69. ZARBA. Otabek Shukurovning zarbasini darvozabon ushlab oldi

68. Ogohlantirish:Salmon al Faraj hakam tomonidan ogohlantirildi

60. ZARBAAA. Bozorooooov. Uning zarbasini darvozabon qiyinchilik bilan bartaraf etmoqda

57. Eldor Shomurodov jarima maydonchasiga kirib bordi, biroq darvozabon ushlab oldi

54. O'zgarish. Ibrohimhalil Yo'ldoshev, Vagiz Galiulin, Odiljon Xamrobekov maydonni tark etdi, ularning o'rniga Doston Xamdamov, Oybek Bozorov va Ikrom Aliboev maydonga tushdi

52. GOL. Ali Al Hassan hisobni yirik ko'rinishga keltirmoqda

47.ZARBAA. IbrohimHalil Yo'ldoshev uzoqdan yo'llagan zarbasi noaniq

IKKINCHI BO'LIM BOSHLANDI

BIRINCHI BO'LIM YAKUNLANDI

Hakam birinchi bo'limga ikki daqiqa qo'shib berdi

41. ZARBAAAAA. Shukurov jarima maydonchasining ichida to'pni egallab oldi va zarba yo'lladi, biroq ozgina noaniq

39. UXXXXXX.  Muhammad Halil Al Ovays uzoqdan kuchli va aniq zarba yo'lladi, baxtimizga to'p to'singa tegdi

33. GOL. Salmon al Faraj hisobni ikkita oshirmoqda

Hakam futbolchilarga suv ichib olishlari uchun vaqt bermoqda

Biz urishimiz kerak bo'lgan golni raqiblarimiz urib ketmoqda. Futbolchilarimiz yaxshi hujum uyushtirishdi, biroq so'nggi pasga kelganda oqsashdi. Topni egallab olgan Saudiyaliklar esa tezda qarshi hujumga o'tdi va jamoa sardori qiyinchiliksiz darvozamizni ishg'ol qildi

25. GOL. Salman Al-Faridj Abramovga salom yo'llamoqda

11. ZARBAA. Galiulin jarima maydonchasiga kirib bordi va zarba yo'lladi, to'p himoyachilarga tegdi va burchakka chiqib ketdi

9. ZARBAAA. Muhammad Halil Al Ovays jarima maydonchasiga kirib bordi va zarba yo'lladi, baxtimizga zarba biroz noaniq

3. UXXXX. Saudiyaliklar sardori Salman Al-Faridj to'pga biroz eta olmadi

UCHRASHUV BOSHLANDI!

Har ikki mamlakat madhiyasi yangradi

Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda

Jamoamiz o'yin oldi mashg'ulotlarda ishtirok etmoqda


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia