JCH-2026 saralashi. O'zbekiston MTJ KXDRga qarshi oq libosda o'ynaydi

Tolibjon Qosimov
4 sen 2024
Ertaga, 5 sentyabr kuni JCH-2026 3-saralash bosqichi 1-turi doirasida O'zbekiston terma jamoasi KXDRni qabul qilishidan xabaringiz bor.

Bugun O'zbekiston - KXDR o'yini oldidan jamoalar rasmiylari ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi.

Unda OFK vakillari va mahalliy tashkiliy qo'mita tomonidan ishtirokchilarga o'yinga oid bir qator masalalar, xususan, marketing, tibbiyot va xavfsizlik yo'nalishlari yuzasidan tushuntirish va eslatmalar berib o'tildi.

Vakillarimiz mazkur bahsda to'liq oq libosda, darvozabonimiz esa yashil libosda harakat qilishi ma'lum bo'ldi.


Eslatib o'tamiz, ertangi bahs Toshkentdagi "Bunyodkor" stadionida soat 19:00da start oladi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати