

Taniqli insayder Fabricio Romanoning so'zlariga ko'ra, Yorgensen mavsumning ikkinchi yarmida ko'proq o'yin vaqtiga ega bo'lish uchun ham kyetishni o'ylamoqda.

"Chelsi" futbolchi bilan xayrlashishga qaror qildi. O'z o'rnida, Yorgensen ham Daniya bilan JCH saralashi pley-off bosqichi oldidan yangi sinovlarga tayyor.
23 yoshli darvozabon London jamoasida 2024 yildan beri o'ynab kelmoqda, ammo hamon o'zini asosiy darvozabon sifatida namoyon qila olmadi. Posbon ushbu mavsum 4 o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol o'tkazib yubordi.



