Jon Obi Mikel: “Turkiyada ko'rganlarimdan so'ng u erga qaytmaydigan bo'ldim”

Ijtimoiy tarmoqdagi postlari sabab “Trabzonspor”dan haydalgan Jon Obi Mikel klubdan kyetishi haqida gapirdi.

“Instagram’da fikrlarimni bayon qilgandim. Klub esa mendan postimni o'chirishni so'radi. Men esa fikr bildirishga haqli ekanligimni, bunday narsa insonlar hayotida muhim o'rin tutishini aytdim. Biz Turkiya chempioni bo'lmoqchi edik, ammo bunday narsalar evaziga emas. Turkiyada ko'rganlarimdan so'ng u erga qaytmaydigan bo'ldim”, - deydi Mikel.


Manba: Football24