

"Barselona" va "Real"ning bazi muxlislari bu uchrashuvga bee'tibor emas, chunki Gvardiola va Mourinyo bir paytlar ushbu ikki ispan grandida super to'qnashuvlarni yuzaga keltirib, har bir uchrashuvni shou darajasigacha olib chiqishgan. Aynan shunday muxlislar uchun ispaniyalik va portugaliyalikning o'zaro statistikasini e'tiboringizga havola qilamiz.

Joze Mourinyo va Xosep Gvardiola o'rtasidagi ilk to'qnashuv 2009 yil 16 sentyabr kuni Chempionlar ligasi guruh bosqichi doirasidagi bahsda sodir bo'lgan. Joze Mourinyo qo'l ostidagi "Inter" o'sha kuni Gvardiolaning "Barselona"sini qabul qilgan. Birinchi bahs gollarsiz yakun topgan. Hozirgacha bu ikki buyuk murabbiy barcha turnirlarda 19 marta to'qnash kelgan. Ustunlik kim tomonda deysizmi, pastroqdagi raqamlarga qarab, buni bilib olishingiz mumkin.
| Joze Mourinyo vs Xosep Gvardiola | |||
|---|---|---|---|
| Murabbiylar | G'alaba | Durang | Mag'lubiyat |
| Joze Mourinyo | 4 | 7 | 8 |
| Xosep Gvardiola | 8 | 7 | 4 |
Bu ikki mutaxassislar boshqargan jamoalarning o'zaro o'yinida qayd etilgan eng yirik hisob 5:0. 2010 yil 29 noyabr kuni Xosep Gvardiolaning "Barselona"si "Santyago Bernabeu"da Madridning "Real" klubi darvozasiga javobsiz 5ta gol urgan.
Sovrinlar borasida portugaliyalik murabbiy ispaniyalik hamkasbidan oldinda. Biroq finalda mag'lub bo'lish borasida ham Mourinyo Gvardioladan ilgarilab ketgan.
| Joze Mourinyo vs Xosep Gvardiola | ||
|---|---|---|
| Murabbiylar | Sovrinlar soni | Finaldagi mag'lubiyatlar |
| Joze Mourinyo | 25 | 9 |
| Xosep Gvardiola | 21 | 4 |
Qiziqarli ma'lumotlar
- Joze Mourinyo faoliyati davomida 3 marotaba Premer-ligada oy murabbiyi sovrinini qo'lga kiritgan bo'lsa, Gvardiola 2017 yilning portugaliyalik hamkasbidan o'zib ketdi
- Joze Mourinyo murabbiy sifatida Xosep Gvardioladan ko'proq uchrashuvlarda g'alabaga erishgan (560-487)
- Joze Mourinyoning eng uzun seriyali g'alabasi 15ta uchrashuvdan iborat bo'lgan (sentyabr-dekabr, 2011)
- Xosep Gvardiolaning eng uzun seriyali g'alabasi 20ta bahsdan iborat (avgust-dekabr, 2017)
- Joze Mourinyo eng ko'p Xosep Gvardiola boshqargan jamoaga mag'lub bo'lgan (9ta)
- Xosep Gvardiola eng ko'p Yurgen Klopp boshchilik qilgan klublarga taslim bo'lgan (5ta)
Mourinyo murabbiylik faoliyati davomida transferlar uchun 1,29 mlrd. funt sarflagan. U xarid qilgan har bir futbolchining o'rtacha narxi 14,02 mln. funt.
Gvardiola esa transfer oynalarida 902,97 mln. funt ishlatgan. Uning har bir xaridi o'rtacha 19,21 mln. funtga tushadi.
Bugun Manchester derbisi. Statistika va qiziqarli ma'lumotlar



