K-League. "Seul" 3 ochkoni qo'lga kiritib, 2-o'ringa ko'tarildi. Aliboev esa safga qaytdi
Eldor Akmurzayev
11 may 2019
J.Koreya chempionatining 11-turida Seul o'z maydonida Teguni qabul qilib 2:1 hisobida zafar quchdi.
O'zbekiston MTJ a'zosi Ikrom Aliboev bahsni to'liq o'tkazgan. U Chonbuk Motorsga qarshi uchrashuvda qizil kartochka olgani uchun o'tgan turni o'tkazib yubordi. Mazkur muvaffaqiyatdan so'ng, seulliklar 20 ochko to'plagan holda 2-o'ringa ko'tarildi.