Kamoliddin Tojiev: "Zaxiradagilar borasida yetishmovchilik bor"

Aslanov Jasurbek
3 apr 2021
2 aprel kuni O'zbekiston Superligasi doirasida o'tkazilgan "Paxtakor" - "Metallurg" (2:1) uchrashuvidan so'ng bekobodliklar himoyachisi Kamoliddin Tojiev o'yin haqida fikrlarini bildirib o'tdi.

O'yin haqida fikringiz...

- O'yinni barchangiz ko'rdingiz, yaxshi bahs bo'ldi. Bizning oldimizga 2-3 zonada "Paxtakor" futbolchilarini kutib olish vazifasi qo'yilgandi. Shuningdek, ularga kamroq bo'sh joy qoldirish kerak edi. Bunga esa biroz kuchimiz etmay qoldi. "Paxtakor" baribir kuchli jamoa. Barcha futbolchilari juda kuchli. Qo'limizdan kelganicha o'ynadik. 

Uchrashuv davomida futbolchilar tomonidan ham, murabbiy tomonidan ham etirozlar bo'ldi. O'yindagi hakamlik haqida nima deya olasiz?

- Hakam haqida gapirish noto'g'ri bo'ladi. Ularning ham nazoratchilari bor. O'zlari ko'rib, xulosa qilishsin. 

"Metallurg"da 1-turdan so'ng murabbiy almashdi. Ayni vaqtda jamoada ichki holat qanday?

- Ichki muhit yaxshi. Jasur Abduraimov barcha bilan 8-10 kun ichida gaplashib olib, mashg'ulotlar o'tkazdi. Biroz zaxiradagilar borasida yetishmovchilik bor. Nasib qilsa, 2-davrada ancha yaxshi bo'ladi. 

Og'abek Samisov yozib oldi


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia