Kannavaro A Seriya klubidan va termadan taklif bo'lganini aytdi

Mirjalol Normatov
10 jul 2022
"Guanchjou Evergrand" sobiq bosh murabbiyi Fabio Kannavaro bo'layotgan takliflar haqida gapirdi.

"Bir qancha vaqt oldin "Fiorentina" bilan suhbat bo'ldi. O'shanda Xitoyda faoliyatimni davom ettirayotgandim. Klubim meni Italiyaga qo'yib yubormagandi. Hozir "Fiorentina"da loyiha bor va unga mos bosh murabbiy ham olib kelishdi.

Shuningdek, Polsha termasidan taklif bo'ldi. Kelishuvga erishishimizga oz qolganida barchasini taxlil qilib, hulosa chiqarib olish uchun vaqt so'radim. Yakunda ular bilan kelishmadim", - dedi mutaxassis.


Mirjalol NormatovMaqola muallifi
Muqova: DAZN

Izohlar

Mesut O'zil Muslim
10 jul 2022
Haqiqiy devor yoshligimda fifa 07 da realda o'ynardi
bbb
10 jul 2022
Каннавро тугри Хитойда бир нималар килаяпди, аммо А серияда билмадим каромат курсатишига. Худди Шевага ухшаб омадсизликка учраши мн