Karlo Anchelotti “Real“ bilan kelishib oldi

Khoja
6 may 2025
Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti tez orada “qirollik klubi”dan ketadi.

Bu haqda The Atletic nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, italiyalik mutaxassis va Madrid klubi o'zaro hamkorlikni to'xtatish bo'yicha og'zaki kelishuvga erishgan. Qayd etilishicha, Anchelottining Realni tark etishi navbatdagi El-Klasikodan keyin e'lon qilinishi mumkin. “Real“ va “Barselona“ o'rtasidagi uchrashuv 11 may kuni bo'lib o'tadi.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Karlo Anchelotti Braziliyani boshqarishi haqida xabarlar tarqalgandi.


KhojaMuallif
Manba: The Atletic