Karlush Keyrush yana Osiyo terma jamoasini boshqarishi mumkin

Khoja
3 apr 2025
Mart oyidagi JCH saralashdagi omadsizliklardan so'ng Iroq FF murabbiylar shtabida o'zgarishga qo'l urmoqchi.

Alarabi Sports xabariga ko'ra, Iroq futbol federaciyasi milliy jamoaning amaldagi bosh murabbiyi Xesus Garsiya chiqarmoqchi. Uning o'rniga Eron bilan ancha yaxshi natijalarga erishgan Karlush Keyrushni mamlakat bosh jamoasiga murabbiy qilishni maqsad qilishgan. Mutaxassis Iroq terma jamoasini boshqarishga rozilik bergan.

Eslatib o'tamiz, ayni vaqtda Iroq JCH saralashining guruh bosqichida 12 ochko bilan uchinchi o'rinda bormoqda. Guruhda Koreya Respublikasi 16 ochko bilan birinchi o'rinni egallab turibdi. Ikkinchi o'rindagi Iordaniyada esa 13 ochko bor.

Iroq so'nggi ikki turni iyun oyida guruhdagi asosiy raqiblari - Koreya Respublikasi va Iordaniyaga qarshi o'tkazadi.


KhojaMaqola muallifi
Qopqoq: Alarabi Sports

Izohlar

Mahmud Ttww
3 apr
Кападзе барибир бош мураббийликка тортмайди, унинг ўрнига тажрибали чет эллик мураббий зарур, бўлмаса яна орқага кетамиз секин аста.
=JAGUAR=
3 apr
Чол 72ёшда! Бу билан ҳам соғлиги борасида муаммолар пайдо бўлади.
{ CHELSEA }
3 apr
Yaxshi murabbiy...
Dostonbek Anvаrоv
3 apr
Молфахмлар бизга Копадзени ози етади онгинга урай сенларни
Shoh Rahmatov
3 apr
Shu bizga zor murabbiy bolardida. Eronga oxshiydi bizni terma jamoa ham