Karrager MYU uchun mos murabbiy nomini aytdi

Mirjalol Normatov
14 mar 2026
Sobiq futbolchi Jeymi Karragerning fikriga ko'ra, Unai Emeri qo'l ostida "Manchester Yunayted" qayta tug'ilishi mumkin.

"Unai Emeri "Old Trafford"ga kelishi kerak. So'nggi kunlarda uning "Manchester Yunayted" bosh murabbiyligiga nomzod bo'layotgani aytilmoqda.

Uning eng asosiy nomzodlar qatorida bo'lmasligiga shubham bor. Bu "Aston Villa" uchun ham yaxshi xabar bo'lishi kerak. Lekin ular uchun o'z tarixidagi eng yaxshi murabbiyning kyetishi bir tomondan alam qiladi.

Emeriga jiddiy qaramaydiganlar zamonaviy futbolda ko'p narsalarni tushunmaydi. Istalgan jihatda u "Manchester Yunayted"ni qayta yaratilishi uchun mos kelishi mumkin. Men uchun u Pep Gvardioladan keyingi eng yaxshi murabbiy hisoblanadi", - dedi Karrager.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Telegraph