Kavani: "Neymar va Mbappe bilan oramizda kelishmovchilik yo'q"

Aslanov Jasurbek
2 noya 2018
PSJ hujumchisi Edinson Kavani jamoadoshlari Neymar va Kilian Mbappe bilan kelisha olmayotganligi haqidagi ma'lumotga izoh berdi.

"O'rtamizda kelishmovchilik borligi - yolg'on. Maydonda o'zaro tushunishimizni rivojlantirish ustida ishlayapmiz, ammo bu oramizda tushunmovchilik bor degani emas. Tomas Tuxel ideal jamoa qurishiga va birgalikda ajoyib mavsum o'tkazishga umid qilaman" - deydi Kavani.

Eslatib o'tamiz, 2017 yilning sentyabr oyida o'tkazilgan bahsda Kavani va Neymar penalti talashib qolgan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia