

O'tgan mavsumni "Real"da o'tkazgan "Chelsi" darvozaboni "Al Ittihod"dan taklif oldi.
Tarkibida Karim Benzema o'ynaydigan Jidda klubi "Al Hilol" bilan chempionlik uchun kurashadigan jamoa qurish uchun harakat qilmoqda va rahbariyat Kepa darvozabon poziciyasini kuchaytirish uchun eng oldi nomzodlardan biri deb hisoblamoqda.
Saudiya Arabistoniga yo'l olish hayotida sezilarli o'zgarishlarga sabab bo'lishini tushungan Kepa qaror qabul qilish uchun vaqt oldi. Ispanning "Chelsi" bilan kelishuvi kelasi yozda yakuniga etadi.



