Klublar o'rtasidagi jahon chempionatiga qura tashlandi!

Mirjalol Normatov
6 dec 2024
Bugun Mayamida klublar o'rtasidagi jahon chempionatiga qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi.

Yangi formatdagi ilk jahon chempionatida 32 jamoa ishtirok etadi va jamoalar 8ta guruhga bo'lib chiqildi.

A guruhi: "Palmeyras" (Braziliya), "Portu" (Portugaliya), "Al Ahli" (Misr), "Inter Mayami" (AQSH)

B guruhi: PSJ (Franciya), "Atletiko" (Ispaniya), "Botafogo" (Braziliya), "Sietl Saunders" (AQSH).

C guruhi: "Bavariya" (Germaniya), "Boka Xuniors" (Argentina), "Benfika" (Portugaliya), "Oklend Siti" (Yangi Zelandiya)

D guruhi: "Flamengo" (Braziliya), "Chelsi" (Angliya), "Leon" (Meksika), "Esperans" (Tunis).

E guruhi: "River Pleyt" (Argentina), "Monterrey" (Meksika), "Inter" (Italiya), "Urava Red Daymonds" (Yaponiya).

F guruhi: "Fluminense" (Braziliya), "Borussiya" Dortmund (Germaniya), "Ulsan Xenday" (Janubiy Koreya), "Mamelodi Sandauns" (JAR).

G guruhi: "Manchester Siti" (Angliya), "Vidad" (Marokash), "Yuventus" (Italiya), "Al Ayn" (BAA).

H guruhi: "Real Madrid" (Ispaniya), "Al Hilol" (Saudiya Arabistoni), "Red Bull Zalcburg" (Avstriya), "Pachuka" (Meksika).



Mirjalol NormatovMaqola muallifi
Qopqoq: championat.asia

Izohlar

Rake
6 dec 2024
Бу курьада Месси ва Роналдунинг дахли йук. Агар Ал- Хилолни ютишни билганда Ал-Наср булиши мумкин эди. Илтимос бунинг учун бир-бирингизни хакорат килманг.
Shurchidan
6 dec 2024
Bir mavsumda penaltisiz +50 dan ortiq gol urgan futbolchilar 1 Leo Messi - 6 marta 2 Luis Suarez - 2 marta 3 Robert Lewandowski - 1 marta 4 Cristiano Ronaldo - 0 marta Messi FIFA yoki hakamlar yordamiga muhtoj futbolchiga o‘xshamayapti.
VodiySoft
6 dec 2024
Ronaldu Al-Nasrda chichib qo'yayotgani uchun Jahon Chempionatida o'ynolmaydi, shuning uchun hozir Ronalduchilar Messi o'ynayotganini ko'rolmayapti. xD Lyuboy chempionatda mezbon davlat yoki uning klubi o'ynaydi va bu yilgi MLS doimiy chempionati g'olibi sifatida Messining Inter Mayami klubi loyiq ko'rildi. xD
Bu shunchaki o'yin
6 dec 2024
Ал Айнни Пахтакордаги уйини булса Юве билан Ситини оёғи остида қолиб кетади
Акрамжон Халилов
6 dec 2024
Пахтакорни ҳам қўшиб қўйишса бўлар экан.