La Liga. "El Klasiko" va boshqa o'yinlar uchun prevyu

Narzulla Saydullayev
23 oct 2020
Evropa Chempionlar ligasi va Evropa ligasining guruh o'yinlari yakuniga etmay turib La liganing 7-tur start oladi.

O'tgan turda musobaqa etakchilarining ochko yo'qotishi, kutilmagan natijalardan so'ng bu turda bizni “El-klasiko” kutib turganini inobatga olsak shubhasiz Ispaniya chempionati APL dan qolishmayotgani ko'rinadi. Keling, oldimizda bizni kutib turgan turning prevyusini sizlarga havola etamiz.

23.10 23:59 (Toshkent vaqti) “Elche” – “Valensiya”


Dastlab turnir jadvaliga nazar soladigan bo'lsak har ikki jamoa yonma-yon turganini ko'rishimiz mumkin. O'tgan turda “Elche” ham, “Valensiya” ham mehmonda o'z o'yinlarini o'tkazishdi va “Elche”da g'alaba (0:2), “Valensiya”da mag'lubiyat (2:1). O'zi valensiyaliklarning bu mavsumda ishlari joyida emas. Shu kungacha 6 tur o'tkazgan jamoa 2 marta g'alabaga erishgan bo'lsa, 1 marta during o'ynagan. Qolgan 3 tasida esa mag'lubiyat, 7 ochko. “Elche” ham 7 ochkoga ega, biroq jamoa bu uchun 4 o'yin sarflyagan (2 g'alaba, 1 durang, 1 mag'lubiyat).

O'zaro o'yinlar: La liga doirasida ikki jamoa o'zaro 42 marotaba kuch sinashishgan bo'lsa, shundan 12 tasida “Elche”, 21 tasida “Valensiya” g'alaba qozongan. 9 martada esa jamoalar durangga imzo chekishgan. To'plar nisbati: 35-64.

Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari:
Xosema Sanches, Nino, Lukas Boe, Migel Garrido, Gvido Karrilo (“Elche”). Joffrey Kondogbia, Elyakim Mangala (“Valensiya”).




24.10 19:00 (Toshkent vaqti) “Barselona” – “Real Madrid”

La Liga 7-tur uchrashuvlarining ikkinchi bahsi shubhasiz turning markaziy o'yini – “El klassiko”. Barcha muxlislar intiqlik bilan kutgan mazkur uchrashuvga jamoalar o'tgan turda uchralgan mag'lubiyat bilan etib kelishdi. ECHL doirasida esa “Barselona” o'z uyida yirik hisobda g'alabaga erishgan bo'lsa (5:1), “Real Madrid” “Shaxtyor”ga imkoniyatni boy berib qo'ydi (2:3). Madridliklarning “Kadis”dan, “ko'k-anorranglilar”ning esa “Xetafe”dan 6-turdagi mag'lubiyatini ko'pchilik ayni shu o'yinga o'zlarini asrash deya baholashdi. 5-turdan so'ng turnir jadvalida peshqadam bo'lib turgan poytaxt jamoasi hozircha 3-o'rinda (10 ochko). Kataloniyaliklar esa 9-o'rinda joylashgan (7 ochko) va qizig'i “Barselona” “Real”ga qaraganda 1 o'yin kam o'tkazgan.

O'zaro o'yinlar: Jamoalar umumiy 277 marta o'yin o'tkazgan va g'alabalar bobida “Barselona” ustun (115-100). La Liga doirasidagi uchrashuvlarda esa “Real” bir g'alaba evaziga ustun (72-73). To'plar nisbati esa teng – 288-288. Shunchaki ajoyib natija!

Jamoalaring jarohatlangan futbolchilari:
Mark-Andre ter Shtegn, Mateus Fernandes, Jordi Alba, Samuel Yumtiti (“Barselona) - Eden Azar, Alvaro Odriosola, Daniel Karvaxal, Martin Edegor, Mariano Dias (“Real Madrid”).



24.10 21:30 (Toshkent vaqti) “Sevilya” – “Eybar”

Jamoalarning turnir jadvalidagi o'rniga etibor berib oralaridagi farq kattaligini aytishingiz mumkin (“Sevilya” 10-o'rin, “Eybar” 16-o'rin). Lekin bir jihat bor, ushbu o'yindagi “Eybar”ning g'alabasi ularni “Sevilya”dan oldinga o'tkazib yuboradi. Ammo o'tgan turda mag'lubiyat alamini totib ko'rgan sevilyaliklar bunga yo'l qo'yarmikin?! 6 o'yindan so'ng 6 ta to'p o'tkazib yuborgan “Eybar” 5 ochkoga ega va “xavfli zona”ga yaqin, mag'lubiyat esa ularni ahvolini og'irlashtiradi. Demak, bizni oldinda ajoyib bahs kutib turibdi.

O'zaro o'yinlar: 17 bor o'zaro to'qnash kelgan jamoalar, shundan 12 tasini La Liga doirasida o'tkazishgan va 6 marta “Sevilya”, 2 marta “Eybar” g'alaba qozongan bo'lsa, 4 o'yinda jamoalar murosa ko'chasini tanlashgan.

Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari:
Jyul Kunde, Ussama Idrissi, Karim Rekik (“Sevilya”). Pedro Leon, Edu Esposito, Xose Anxel, Resio (“Eybar”).




24.10 21:30 (Toshkent vaqti) “Osasuna” – “Atletik Bilbao”

Har ikkisi ham 5 tadan o'yin o'tkazishgan, har ikkisi ham 2 martadan g'alaba erishishgan. Faqat “Osasuna” 1 durang o'ynagani va qo'lga kiritilgan 1 ochko evaziga bilbaoliklardan oldinda. Biroq o'tgan turda “Levante” ustidan qo'lga kiritilgan g'alaba “Atletik B”ga ishonch bergani tabiiy. Buning ustiga turnir jadvalida ham pastda. To'plar nisbari 4-5. “Osasuna”da esa buning aksi 5-4. Bir so'z bilan aytganda imkoniyatlar teng, g'alaba uchun ishtiyoq ikkisida ham bor va oldinda murosasiz o'yin bor.

O'zaro o'yinlar: O'zaro o'tkazilgan 37 bahsdan so'ng ustunlik bilbaoliklar tomonda 18-9. Qolgan 10 o'yinda durang natija qayd etilgan. To'plar nisbati: 53-37. Jamoalarning o'zaro o'ynagan so'nggi 4 bahsiga etibor qaratsak barchasida mehmon jamoa g'alaba qozongan.

Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari:

Darko Brashanats, Chimi Avila, Lukas Torro, Roberto Torres (“Osasuna”). Unay Vensendor, Yuri Berchiche, Peru Noloskoayn, Ibay Gomes, Kenan Kodro, Oskar de Markos (“Atletik Bilbao”).



24.10 23:59 (Toshkent vaqti) “Atletiko Madrid” – “Betis”

“Betis” 7-o'rin, “Atletiko Madrid” 8-o'rin. Oradagi farq 1 ochko. O'tgan tur “Betis” uchun omadiz bo'ldi, o'z maydonida mag'lubiya (0:3). 6 o'yinda 3 g'alaba, 3 mag'lubiyat. “Atletiko” esa 4 o'yinda 2 g'alaba, 2 durang. Turnir jadvalida eng kam gol o'tkazgan jamoa, bor yo'g'i bitta. Va hali mag'lub bo'lmagan yagona jamoa. Ushbu bahsdagi g'alaba ikki jamoani ham peshqadamlar safiga chiqarishi mumkin. O'tgan mavsum “Wanda Metropolitano”dagi o'yinda maydon egalari minimal hisobda g'alaba qozonishgandi, xo'sh bu mavsum qanday bo'larkin?!

O'zaro o'yinlar: 104 o'yinda 53 marta “Atletiko”, 53 marta “Betis” va qolgan 23 uchrashuvda durang natija. To'plar nisbati: 173-112. Azaliy raqiblar o'rtasida murosasiz o'yin oldimizda…

Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari:
Saul Niges, Xose Ximenes, Shime Vrsalko (“Atletiko Madrid”). Sidney, Dani Martir (“Betis”).



Albatta 7-tur o'yinlari qiziqarli o'tishi haqida faktlar bisyor. Ushbu turda yuqorida biz keltirgan o'yinlardan tashqari yana 5 uchrashuv ham o'tkaziladi. Quyida mazkur bahslarning ro'yxati bilan tanishing:

25/10 18:00 (Toshkent vaqti) Valyadolid : Alaves
25/10 20:00 (Toshkent vaqti) Kadis : Vilyarreal
25/10 22:30 (Toshkent vaqti) Xetafe : Granada
26/10 01:00 (Toshkent vaqti) Real Sosedad : Ueska
27/10 01:00 (Toshkent vaqti) Levante : Selta




Olga Meshkova

Og'abek Samisov tarjimasi


Narzulla SaydullayevMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

Beckham number 1
23 oct 2020
Bu tupoy barcachi adminladan juda zerikdim boru qattan barca ustun buladi 115-100 emish tupoylar yaxshilab to'g'rilab yoziylar ЧИ КИ КЛ СКИ* Лк Иак ЛЧ** ЛЕ*** КОК СКЕ КЧМ**** Сумма «Реал» 34 19 1 12 2 1 13 2 – 4 7 95 «Барселона» 26 30 2 16 2 – 5 3 4 5 3 96 mana natijalar kurvoliyla Real ustun
Rakuten
23 oct 2020
Bir-ikki yil oldin internetdagi tanishlarim bilan rosa bahslashgandik el-klasikoda qaysi komanda ko'proq yutganini. Men Barselona yutgan umumiy hisobda deganimda ishonishmasdi, ana, bizni jurnalistlar ham oxiri yetib borishibdi. Ko'proq yozib turinglar qaysi jamoa o'zaro hisobda oldinda ekanini. Xalqda noto'g'ri tushuncha paydo bo'lib qolyapti. Iloji bo'lsa La Liga va APL qaysi biri dominantligi haqida ham maqola yozinglar. Chet el nashrlarida yaxshigina maqolalar bor. Bunaqa maqola yozmasanglar yana shu eski o'zbek eskiligicha qolib ketaveradi.
BarsCity
23 oct 2020
kuchlisi yutsin agar real shu holatidayam g'alaba bn qaytsa bravooo deyman agar barsa yutsa qo'shimchasiga yirik xisobta yutsa bazi bir fitnachi realchilar umuman o'chilar
Nodirbek Real Madrid
24 oct 2020
Мен Реалга ишонаман!! Олға Реалжон
HY
23 oct 2020
115-100 хато маълумот. Бу атайин ёзилган. Админ ғирт Барсачи бўлиши мумкин, лекин ёлғончи бўлмаслик керак