La Liga qaytish sharafiga butun dunyo bo'ylab graffiti tashkil qildi: Benzema - Qobulda, Messi - Balida, Grizmann esa Parijda

Alisher
13 jun 2020
Go'zallik!

Aftidan, Ispaniya La Ligasi restartga hammadan ham yaxshiroq tayyorgarlik ko'rgan. La Liga o'yinlari translyaciyasi esa muxlislarning stadionda yo'qligini umuman bildirmayapti, ammo bu bilan cheklanilgani yo'q. U o'zining xalqaro hamkorlari yordamida 50ta davlatda 160ta global tadbirlarni, shu qatorda "La Liga birlashgan ko'chalari" badiiy akciyasini tashkil etdi. Rassomlar 5 qitaning 12 shahrida tematik graffiti yaratishdi.

"Butun dunyoda muxlislar La Liganing qaytishidan mamnunlar, bu ishlar esa bizning har bir tashabbusimizni qo'llab-quvvatlagan milliy va xalqaro hamkorlarimiz tufaylidir. Shu kompaniyalar hisobiga bizning restartimiz butun dunyoni qamrab oldi", - deydi biznes, marketing va xalqaro rivojlanish bo'yicha liga direktori Oskar Mayo.

Shunday qilib, Londonning janubi-g'arbiy qismidagi Stokuell tumanida La Liganing turli jamoalarida o'ynaydigan besh nafar futbolchining surati paydo bo'ldi. Britaniyalik rassmon Gnasher o'zini futbol muxlisi deb hisoblaydi, shu sabab futbolning to'laqonli qaytishini intizorlik bilan kutmoqda.

"Pandemiya juda og'ir davr bo'ldi", - deydi London graffiti muallifi. - Odamlarning yuziga tabassum olib keladigan noyob imkoniyatdan behad minnatdorman".

Albatta, Messi rassomlar orasidagi eng mashhur qahramonlardan biridir. Mana, Leo buqa va ajdaho bilan Bali (Indoneziya)da.

Bu esa Braziliyadagi San-Paulu.

Loyiha hatto Qobulgacha etib bordi. Afg'onlar sanat asarini Messisiz yaratishdi.

Parijdan La Liganing francuz yulduzlari - Antuan Grizmann ("Barselona"), Karim Benzema ("Real"), Maksim Gonalon ("Granada"), Nabil Fekir ("Betis") va Kevin Gameyro ("Valensiya"). O'yinchilar Parijning diqqatga sazovor joylari fonida tasvirlandilar.

Ayrim shaharlar malum bir futbolchilarni tasvirlamaslikka qaror qilishdi. Mana, Mexikodan misol.

Bu esa Kopengagen.

La Liganing qaytish sharafiga Gongkong (Xitoy), Bogota (Kolumbiya), Xoshimin (Vetnam), Lagos (Nigeriya) va Dar-us-Salom (Tanzaniya)da ham paydo bo'ldi. Ispaniyada ham buni nishonlashdi. La Ligadagi barcha klublarning liboslari Madrid markazida paydo bo'ldi.


Virtual fanatlar va intershum. Kecha La Liga o'yini Bundesligadan ko'ra ancha jonliroq ko'rindi


AlisherMaqola muallifi
Muqova: sports.ru

Izohlar

Rakuten
13 jun 2020
Mana shuni futbolga bo'lgan e'tibor desa bo'ladi. Qoyil qolmah iloji yo'q. Bunday e'tibordan so'ng albatta ispan futboli kuchayadi-da!
M_Hojiakbar
13 jun 2020
Juda zerikarli liga. Faqat 2ta qiziqarli o'yini bor xolos.
Man_Utd Norin
13 jun 2020
La Liga Ajoyib gap so'z bolishi mumkinemas, bugundan o'zimizni Superliga boshlanadi qani ko'raylikchi bizanikilar qanchalik tayyorlanibti
Ўзбеклигим фахрим
13 jun 2020
Менежмент жуда аъло даражада қойил қолиш керак АПЛ қанчадик кучли бўлмасин иш ташкиллаштириш бўйича Ла Лига олдинда
jgryidseyiuydety
13 jun 2020
yorvorishibdiku qoganlaga sabr la liga doim n1