"Ketsang-chi, endi. Baribir seni maydonga tushirmaymiz"
Etiborli jihati, mavsumning ilk turi o'tgan 4 ta o'yindan 3 tasida durang natija qayd etildi va faqatgina "Selta" o'z uyida "Alaves" ustidan g'alaba qozondi.
Mavsumning birinchi uchrashuvida "Atletik" "Xetafe" bilan ochkolarni (1:1) bo'lishib oldi. Payshanba oqshomida "Jirona" ham safarda "Betis" bilan durang (1:1) o'ynadi.
"Sevilya" "Las-Palmas"ni enga olmagan bo'lsa (2:2), bugun, shanba, tunda "Barselona" "Valensiya" bilan kuch sinashadi.
Evropa Superkubogida zafar quchgan "Real" ertaga safarda "Malorka" bilan, Madridning "Atletiko"si esa dushanba oqshomida "Vilyarreal" bilan bellashadi.
Izohlar