La Liga. Suares turnirdagi 158-golini urdi. Faqat 4 kishi undan yaxshiroq natijaga erishgan

Madridning "Atletiko" klubi hujumchisi Luis Suares Ispaniya chempionati 21-turi doirasidagi "Kadis" (4:2) bilan o'yinda dublga erishdi.

Urugvaylik futbolchining La Ligadagi gollari soni 158 taga etdi. XXI asrda faqat 4 kishi Suaresdan yaxshiroq natija qayd etgan: Lionel Messi (453), Krishtianu Ronaldu (311), David Vilya (184) va Karim Benzema (179). "Atletik Bilbao"ning sobiq futbolchisi Aric Aduris ham Ispaniya chempionati bahslarida 158 ta gol urishni uddalagan.

Malumot uchun, 34 yoshli Suares La Ligaga 2014 yilning yozida ko'chib o'tgan edi.


Muqova: twitter.com/pedritonumeros

Izohlar

Пресс Секретарь
31 jan 2021
Qoyil, 2014-yilda kelib, 2009-yildan beri Real Madridda o'ynaydigan Karim Benzemadan juda unchalik orqada emas ekan. Haqiqatan 9 lik hujumchilar ichida Luis Suares bemalol Levandovski bilan bahslasha oladi. Luis Suaresning ustun tomoni Luis juda ko'plab assistlar ham beroladi.
31 jan 2021
Agar bu yil Benzema ga yetib olsa turnir toʻpurariga aylanib boʻladi
FC BARSELONA
31 jan 2021
Agar men adashmayotgan bo'lsam Atletik bilbaoning bitta o'yinchisi bor edi topurar ismi esimda yo'q lekin
FC BARSELONA
31 jan 2021
Raul Gansales Real, H Sanches Real, Zarra Bilbao
998933577578
1 feb 2021
Luisni 2010 yil JCh Gana Urugvay o'ynida taniganman o'shandan beri bu bola tinchimedi