

Diario Sport xabariga ko'ra, masalaning echimiga Barselona va Ispaniya qirollik futbol federatsiyasi o'rtasidagi yaxshi munosabatlar yordam bergan. Yamal milliy jamoaga borganida ertasi kuniyoq uning Barsaga qaytishi allaqachon ma'lum bo'lgandi - tomonlar faqat protokolga amal qilishlari kerak edi.
Luis de la Fuente futbolchining sog'lig'ini xavf ostiga qo'ymoqchi emasdi. Jamoa Laminni ajoyib futbolchi deb biladi, shuning uchun ham unga maksimal darajada g'amxo'rlik qilish niyatida.
16 yoshli o'ng qanot vingeri bu mavsumda Barsa safida 11ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 2 ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.



