Laporta Dembelening shartnomasi va Mbappening ehtimoliy xaridi haqida gapirdi

Alisher
3 dek 2021
"Barselona" prezidenti Joan Laporta forvard Usmon Dembele va PSJ hujumchisi Kilian Mbappeni farqladi.

"Dembele "Barselona"da qolmoqchi. Uning agenti o'yinchi uchun eng yaxshisini xohlaydi, ammo pul bazida eng asosiysi emas. 

Men uchun ayonki, Dembele Mbappedan kuchli. Uning qolishini juda ham xohlayman", - deydi Laporta.

Dembele 2021/22 yilgi mavsum "Barselona" tarkibida 3ta o'yinda maydonga tushdi. Uning klub bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2022 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano