Belarus
Hujumchi Shahzod Ubaydullaevning "Shaxtyor" Soligorsk jamoasi Belarus Oliy ligasi 4-turida "Gomel"ni mehmon qiladi. 4- va 11-o'rin egalari o'rtasidagi uchrashuv Toshkent vaqti bilan 18:00 da boshlanadi.
Shuningdek, mazkur chempionatda to'p tepadigan yana bir legionerimiz – O'zbekiston U-20 termasi himoyachisi Abduqodir Husanov va yarim himoyachi Amirbek Bakaevning "Energetik-BGU" klubi safarda "Neman" bilan bahs yuritadi. O'yin 22:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.
Rossiya
Qanot himoyachisi Ibrohimhalil Yo'ldoshevning "Nijniy Novgorod" jamoasi 23-tur doirasida Moskvada "Dinamo" bilan bahs yuritadi. 13-o'rinda borayotgan "Nijniy Novgorod"ning o'yini 16:00 ga belgilangan.
Shuningdek, RPL doirasidagi yana bir bahsda yarim himoyachi Hojimat Erkinov o'ynayotgan "Torpedo" o'z uyida "Spartak" bilan to'qnash keladi. Uchrashuv 21:00 da start oladi.
Bundan tashqari, MFLda ham legionerlarimiz ishtirokida o'yinlar bor. Jumladan, himoyachi Rustam Ashurmatov va xavbek Umarali Rahmonalievning "Rubin" jamoasi 27-turda "Shinnik" bilan uchrashadi. Qozon klubi o'yini 18:00 da boshlanadi.
Bundan tashqari, Vagiz Galiulinning "Nefteximik" klubi turnir autsayderlaridan biri "Krasnodar-2" bilan bahs olib boradi. Mazkur uchrashuv 19:30 da boshlanishi kutilmoqda.
Eron
Eron Pro-ligasi 26-turida "o'zbek derbisi" bo'lib o'tadi. Unda hujumchi Sherzod Temirovning "Paykon" jamoasi o'z uyida Sharof Muhitdinov to'p tepadigan "Sanat Naft" jamoasini mehmon qiladi. 13- va 15-o'rinni egallab turgan klublar o'rtasidagi bellashuv 21:00 ga belgilangan.
Izohlar