Legionerlar: Kapadze hamda Baqoev o'z jamoalari safida gol urishdi

Narzulla Saydullayev
23 sen 2013
Horij chempionatlarida to'p surayotgan O'zbekiston milliy terma jamoasining bir nechta a'zolari haftaning dam olish kunlari o'z klublari safida rasmiy o'yinlarda maydonga tushishdi.
ROSSIYA
20 sentyabr kuni sentyabr kuni Rossiya premer-ligasida 9-tur o'yinlariga start berildi. Mahachqalaning Anji klubi sharafini himoya qilayotgan Odil Ahmedov mazkur turda safarda Volga klubiga qarshi o'yinda asosiy tarkibda maydonga tushdi va to'liq 90 daqiqa harakat qildi. Uchrashuvda 2:1 hisobida Volga jamoasi g'alaba qozongan.

Moskvaning Lokomotiv klubi safida o'ynayotgan Vitaliy Denisov, mazkur turda safarda Kuban klubiga qarshi o'yinda jamoasi safida asosiy tarkibda maydonga tushib, 90 daqiqa harakat qilgan. O'yinda Lokomotiv 3:1 hisobida g'alaba qozongan.


QOZOG'ISTON
21 sentyabr kuni Qozog'iston premer-ligasida 27-tur o'yinlari bo'lib o'tdi. Pavlodarning Irtish klubi hujumchisi Ulug'bek Baqoev o'z maydonida Ordabasi klubiga qarshi o'yinda asosiy tarkibda maydonga tushdi va 90 daqiqa harakat qildi. E'tiborlisi, Irtishning yirik - 3:0 hisobidagi g'alabasi bilan tugagan o'yinda, Baqoev o'yindagi birinchi golga mualliflik qildi.

Aktobe safida harakat qilgan O'zbekiston milliy terma jamoasiga nomzod futbolchilar - Temur Kapadze hamda Aleksandr Geyrnixlar o'z maydonida Ostona klubiga qarshi kechgan o'yinda asosiy tarkibda maydonga tushishdi. Aktobening 2:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakuniga etgan o'yindagi dastlabki golni, uchrashuvning 27-daqiqasida O'zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachi Temur Kapadze kiritdi. Kapadze o'yinda to'liq 90 daqiqa o'ynagan bo'lsa, Geynrix o'yinning 45 daqiqasida almashtirildi.

XITOY
21 sentyabr kuni Xitoy superligasida 26-tur o'yinlariga start berilgan. Changchun Yatay klubida to'p surayotgan O'zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Anzur Ismoilov o'z maydonida Dalyan Arbin klubiga qarshi asosiy tarkibda maydonga tushdi va 90 daqiqa o'ynadi. O'yinda Changchun Yatay 2:0 hisobida g'alaba qozongan.

Beyjing Guoan klubi safida o'ynayotgan o'zbekistonlik himoyachi Egor Krimec jarohat tufayli 3 hafta muddatga safdan chiqqan.

JANUBIY KOREYA
21 sentyabr kuni Janubiy Koreya K ligasi ikkinchi davra o'yinlariga start beriladi. Ikkinchi davradan boshlab K ligada 8-14 o'rinlar uchun kurashga kirishgan Seongnam Ilva Chunma klubi tarkibida O'zbekiston milliy terma jamoasi sardori Server Jeparov to'p surib kelmoqda. Tajribali yarim himoyachi 21 sentyabr kuni safarda Gangvon klubiga qarshi asosiy tarkibda maydonga tushdi va 84 daqiqada almashtirildi. Seongnam safar uchrashuvida 2:0 hisobida g'alaba qozongan.

OZARBAYJON
12 sentyabr kuni Ozarbayjon premer-ligasida ham 7-tur o'yinlariga start berildi. O'zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Bahodir Nasimov ushbu turda o'z maydonida Sumgaiti klubiga qarshi o'yinda asosiy tarkibda maydonga tushdi va 24-daqiqada jarohati tufayli almashtirildi. Uchrashuvda 0:0 hisobi qayd etilgan.

BAA
21-22 sentyabr kunlari BAA chempionatida 2-tur o'yinlari o'tkazildi. Dubayning Ash Shabob klubi yarim himoyachisi Aziz Haydarov 2-tur o'yinida safarda Al Sharja klubiga qarshi asosiy tarkibda maydonga tushdi va to'liq 90 daqiqa o'ynadi. Uchrashuvda Ash Shabob 2:1 hisobida g'alaba qozondi.

QATAR
20 sentyabr kuni Qatar Yulduzlar Ligasida 2-tur o'yinlari o'tkazildi. Yangi mavsumdan boshlab Qatar Ligasi ishtirokchisi Al Muaydar klubi sharafini himoya qilayotgan Fozil Musaev 2-tur uchrashuvida jarohati tufayli maydonga tusha olmadi.


Legionerlarimiz haqida forumda muhokama qiling.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com