Lemar joriy mavsumida bitta ham samarali harakatni amalga oshirmadi. “Atletiko” uni 70 mln evroga sotib olgandi

“Atletiko Madrid” La Liga 38-turida “Real Sosedad”ga qarshi bahsda 1:1 hisobida durang qayd etdi.

Madrid klubi safida Toma Lemar maydonga tushmadi. Fransiyalik futbolchi zaxirada qoldi. Ortda qolgan mavsum davomida Lemar birorta ham samarali harakatni amalga oshirmadi. U La Liga doirasida 22 ta o'yinda qatnashdi. Maydonda esa o'rtacha 42 daqiqadan harakat qildi. Chempionlar Ligasida esa 7 ta o'yinda qatnashgan.

Qayd etish joiz, “Atletiko” Lemarni sotib olish uchun 2018 yilda “Monako”ga 70 mln evro to'lagandi.


Manba: Sports.ru