Leon Goreckaga "Atletiko Madrid" va "Napoli" qiziqish bildirmoqda

Omonjon To`xtamirzayev
30 iyul 2024
"Bavariya" yarim himoyachisi Leon Gorecka faoliyatini Ispaniya yoki Italiyada davom ettirishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, 29 yoshli futbolchi ayni damda "Atletiko Madrid" va "Napoli" klublari qiziqishiga sabab bo'lmoqda.

Eslatib o'tamiz, Gorecka 2018 yilning iyulidan beri "Bavariya"da o'ynaydi. O'tgan mavsum u barcha musobaqalarda 41 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol va 9 ta assist qayd etdi.

"Transfermarkt" portali germaniyalik futbolchini 40 million evroga baholamoqda.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: instagram.com/_kochmaximilian_