Leroy Sane va Yozua Kimmix yozda "Barsa"ga o'tishi mumkin

Omonjon To`xtamirzayev
14 yanv 2025
"Bavariya"ning bir yo'la ikki futbolchisi faoliyatini La Ligada davom ettirishi mumkin.

Gap Leroy Sane va Yozua Kimmix haqida ketmoqda. Ushbu ikki futbolchi yozda erkin agentga aylanadi va tekinga "Barselona" safiga ko'chib o'tishi mumkin. 

Ma'lum bo'lishicha, kataloniyaliklar ustozi Xansi Flik futbolchilarni "ko'k-anorranglilar" safiga qo'shilishga undamoqda.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: El Nacional