

"Qizillar" 35 mln. evroga "Parma"dan sotib olgan futbolchi "Sautgempton"ga qarshi Angliya liga Kubogi bahsida jarohat olgan edi. Fabricio Romanoning yozishicha, 18 yoshli himoyachi joriy yilda boshqa maydonga tusha olmaydi. Katta ehtimol bilan Leoni 2026 yilning bahorida safga qaytishi mumkin.
"Liverpul" endi Jovanni Leoni o'rniga Federiko Kezani Chempionlar ligasi qaydnomasiga kiritishi mumkin.




