"Liverpul" Fillips uchun 10 mln funtdan ko'p olmoqchi

Alisher
2 avg 2022
"Liverpul" himoyachisi Nataniel Fillips ushbu yozda jamoasini o'zgartirishi mumkin.

25 yoshli angliyalik futbolchiga "Bornmut" va "Fulxem" klublari qiziqmoqda. "Liverpul" futbolchining sotuvidan 10 mln funtdan ko'proq ishlamoqchi.

Fillips 2016 yilning avgustidan beri "Liverpul"da o'ynaydi. U o'tgan mavsumning ikkinchi qismini "Bornmut"da ijarada o'tkazdi.

U jamoa tarkibida 17ta o'yinda maydonga tushdi. Transfermarkt Fillipsni 7,2 million funtga baholamoqda.


AlisherMuallif
Manba: Goal