"Qizillar" "Nyukasl"ning shveciyalik forvardi Aleksander Isakning transferiga juda ham qiziqish bildirishmoqda. Mersisaydliklar bosslari shveciyalik futbolchi uchun almashinuv doirasida Darvin Nunes yoki Diogu Jotani taklif qilib ko'rishadi. Oldinroq, "Nyukasl"ning Isak uchun 150 mln evrodan ortiq xohlayotgani malum bo'lgandi.
Aleksander Isak joriy mavsum "Nyukasl" tarkibida 29ta o'yinda maydonga tushib, 19ta gol va 5ta assist qayd etdi.
Izohlar