"Liverpul" "Milan" futbolchisiga qiziqmoqda

Sherzod Nurmatov
26 oct 2022
Mersisayd klubi kelasi yozda "Milan" yarim himoyachisi Sandro Tonalini sotib olishi mumkin.

22 yoshli Tonali 2021 yilda "Breshiya"dan Milan klubi safiga ko'chib o'tganidan buyon iliq taassurot qoldirdi va o'tgan mavsumda "rossoneri"ning A Seriya chempioni bo'lishida munosib hissa qo'shdi.

Italiyalik futbolchi Evropaning eng yaxshi yosh yarim himoyachilaridan biri hisoblanadi. Yaqinda "qizillar" azosi Tiago Alkantara tomonidan uni "ilhomlantiruvchi" o'yinchilar qatorida sanab o'tilgan edi. 

Xabarlarga ko'ra, "Milan" yozda erkin agentga aylanadigan Nabi Keytani tarkibiga qo'shib olmoqchi, biroq ushbu kelishuv yanvar oyidayoq amalga oshishi mumkin.


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Muqova: Daily Express

Izohlar

Sayfulloh Egamberdiyev Egamberdiyev
26 oct 2022
Milan sotmeydi
bbb
26 oct 2022
Тоналли бир карсанг Гаттузо буп кетадимей, бир карасанг Пирло буп кетадимей. Миланда яхшигина усди шу бола куз тегмасин. Айникса Леа 2 ласи куп нарсани хал килаяпди