"Lokomotiv" futbol maktabiga yangi majmua topshirildi

Mirjalol Normatov
22 mar 2023
Toshkent shahar Yashnobod tumanida joylashgan sobiq TAPOiCH stadioni "Lokomotiv" PFK tasarrufiga o'tgani hamda ushbu maydondan klub futbol maktabi tarbiyalanuvchilari foydalanishi haqida xabar bergandik.

"Mazkur o'yingoh ko'p yillar qarovsiz ahvolda qolib, "Lokomotiv" tasarrufiga o'tganidan so'ng zudlik bilan uch bosqichli qurilish-qayta tamirlash ishlari rejasi ishlab chiqildi. Bugun qurilish-qayta tamirlash ishlarining birinchi bosqichi o'z yakuniga etib, maydon ko'rkam holatga keltirildi va bolalar uchun foydalanishga topshirildi.

Endilikda ushbu maydon "Lokomotiv" futbol maktabi uchun xizmat qiladi hamda tarbiyalanuvchilarimiz shu erda mashg'ulot olib borib, bo'lajak o'yinlarga hozirlik ko'rishadi. 

Aytib o'tganimizdek, stadionda qurilish va qayta tamirlash uch bosqichli tizimda olib borilmoqda. Birinchi bosqich - standart o'lchamdagi maydon, murabbiylar uchun majlislar xonasi, hakamlar hamda futbolchilar kiyim almashtirish xonalari barpo etilib foydalanishga topshirildi.

Qurilishning ikkinchi bosqichida muxlislar uchun tribuna qad ko'taradi hamda yana bir suniy maydon foydalanishga topshiriladi. Uchinchi bosqichda esa jamoamiz tarbiyalanauvchilari uchun mehmonxona barpo etiladi. 

O'ylamizki, bu maydonda shug'ullanadigan yoshlardan kelajakda "Loko" yulduzlari etishib chiqadi.

Quyida "Lokomotiv" futbol maktabiga o'tgan maydonning oldingi va hozirgi ko'rinishidan suratlarni taqdim etamiz:


Mirjalol NormatovMaqola muallifi
Muqova: "Локомотив" ПФК матбуот хизмати

Izohlar

Soccerland777
22 mar 2023
Зўр!!
Olg'a
22 mar 2023
Omad
Dilmurod Sidiqov
22 mar 2023
Respect
Шерзод Даданов
22 mar 2023
Буюрсин.
Muhammadxon Mamatov
22 mar 2023
Локо керемас дейдиганлар кўрсин шу ишларни Локо ўз йўналишига эга жамоа ҳамма нарса босқичма босқич режа асосида иш бажаради асосийсиси хеч кимдан қарз эмас