“Lokomotiv” – “Navbahor” uchrashuvida VAR tizimidan foydalaniladi

Aziz Tukhtamuradov
13 mar 2021
14 mart, yakshanba kuni Coca-Cola Superliganing 2-tur bahslari start oladi.

Bilasiz, joriy yildan e'tiboran milliy chempionatimiz uchrashuvlarida VAR tizimidan foydalanilmoqda. Jumladan, Coca-Cola Superliga 2-turi doirasidan o'rin olgan “Lokomotiv” – “Navbahor” o'yinida Video Assistant Referee tizimi ishlaydi.

Takidlash joiz, mazkur bahs 14 mart kuni Toshkentdagi “Lokomotiv” o'yingohida bo'lib o'tadi va soat 16:15 da start oladi.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: pfl.uz