"Lokomotiv": OAV vakillari diqqatiga ...

Narzulla Saydullayev
4 mar 2014
Xabaringiz bor, Lokomotiv klubi 2012 yil yangi logotipiga ega bo'lgan va ikki mavsumdan buyon ushbu logotipdan klub ramzi sifatidan foydalanib kelinmoqda.

Bazi OAV vositalarida, reklama, tablo va klublar chiqarayotgan o'yin oldi dasturlarida hali ham eski logotip ishlatilayotganliga ko'zimiz tushmoqda. Bu esa klub manfaatlari va obro'siga kichik bo'lsada putur etkazmoqda.

Shu sababli biz barcha ommaviy axborot vasitalari, klub matbuot xizmati vakillariga qulaylik yaratish maqsadida klub logotipini saytimizning Asosiy bo'limi, OAV uchun sahifasiga uch halqaro standartda joylashtirdik. Shu yo'l bilan siz klubimiz ramzini saqlab olishingiz mumkin.

Bundan tashqari sizlarga osonroq bo'lishi uchun lokomotiv-uzb@mail.ruelektron qutisiga o'z pochtangiz orqali yo'qlanma qilsangiz biz - Lokomotiv matbuot xizmati sizga rasmiy logotipimizni yuboramiz.

Lokomotiv klubi barchaga qulaylik yaratish uchun qo'ldan kelgancha yordam beradi.

Ko'chirib olish:
loko_logo.cdr
loko_logo.png
loko_logo.jpg


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz