"Lokomotiv" PFK vakillari Malayziyada, bugun OCHL qur'asi bo'ladi

Narzulla Saydullayev
6 dek 2017
O'zbekiston chempioni hamda Kubogini qo'lga kiritgan "Lokomotiv" kelasi yilgi Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichida to'g'ridan-to'g'ri ishtirok etadi.

Hozirda klubning ikki nafar vakili - "Lokomotiv" PFK xalqaro bo'lim mutaxassisi S.Akromov hamda klub matbuot kotibi M.Mamadaliev Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida bo'lib turishibdi. Klubimiz xodimlari "JW Marriot" mehmonxonasiga joylashishgan.

Bugundan boshlab OCHLda ishtirok etuvchi klublar uchun ikki kunlik seminar start oladi. 6-7 dekabr kunlari bo'lib o'tadigan ish tartibi davomida bir qator masalalar ko'rib chiqiladi, xususan, kelasi yilgi xalqaro musobaqalar uchun yuz beradigan o'zgarishlar ma'lum qilinadi va eng asosiysi, 2018 yilgi Osiyo chempionlar ligasiga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tadi.

Demak, 6 dekabrga belgilangan ish tartibi quyidagicha ko'rinish olgan:

10:00 - 10:30. Qur'a uchun ro'yxatdan o'tkazish
11:00 - 11:30. OFK Kubogi uchun qur'a tashlash marosimi
13:30 - 14.00. OCHL-2018 uchun qur'a tashlash marosimi
14:30 - 15.30. Klublar taqdimotiga tayyorgarlik.

Izoh: Barcha soatlar Toshkent vaqti bilan ko'rsatilgan.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz