

"Yamal bilan holat nazorat ostida, havotir olmasangiz ham bo'ladi. Aytilganidek, uning tiklanishi uchun 7-10 kun ketadi. Termaga yetib kelgan barcha futbolchilar ertangi o'yinga tayyor.
Biz yuqori darajadagi futbolchilarni tarkibga jalb qilamiz. Shu sababli tarkibdagi falsafa o'zgarmaydi va istalgan tarkib bilan biz o'zimiz xohlagan o'yinni ko'rsatishimizga sabab bo'ladi.
Karvaxalni jahon chempionati finalida ko'rmoqchimiz. Hozir Porro va Lorente qanot laterali poziciyasini yopadi. Lekin biz faqatgina bugunni emas, ertangi va undan keyingi kunlarni ham o'ylaymiz", - dedi murabbiy.



